MDH geymerlariga AQSh onlayn-o‘yinlariga kirish ta’qiqlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishGeymerlar bahsi
Geymerlar bahsi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Ukraina va Rossiyaning yevropa qismida yashovchi geymerlarga okean orti serverlarida joylashgan onlayn o‘yinlarga kirish ta’qiqlandi.

TOShKENT, 17 noya — Sputnik. MDHning bir necha mamlakatlarida yashovchi geymerlar 16-noyabr kuni kutilmagan muammoga duch keldi: ular Guild Wars 2, Lineage 2, Aion va WildStar kabi onlayn o‘iynlar sahifalariga kirolmay qolishdi, deb xabar qilmoqda nuz.uz sahifasi.  

Ushbu ommaviy o‘inlar sahifalarig kirish foydalanuvchilarni ogohlantirmay berkitib qo‘yildi. Nashr xabariga ko‘ra, ushbu saytlar ma’muriyatiga murojaat qilganlarga bundan buyon ayrim mamlakatlarda yashovchi geymerlar uchun ushbu o‘yinlarga kirish ta’qiqlangani aytilgan, lekin buning sababi aniqlashtirilmagan.

Ayni damda geymerlar orasida eng ommaviy bo‘lgan javob, bu — siyosiy sabablarga ko‘ra. O‘yin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ushbu ta’qiq sababi va u qancha davom etishini ayta olishmadi.

Yangiliklar lentasi
0