TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti, "Yalla" guruhi solisti Farrux Zokirov jarrohlik operatsiyasini boshidan o‘tkazdi, deb yozmoqda Qalampir nashri.
Farrux Zokirov Toshkent shahridagi V.V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazida 14-noyabr kuni operatsiya qilingan. Ayni damda xonanda shifoxonada davolanmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, bir necha yil avval shifokorlar Farrux Zokirovga o‘t qopida tosh borligini aniqlashgan.
Eslatib o‘tamiz, Farrux Zokirov 2016-yilda 70 yoshni qarshilagan edi.