TOShKENT, 17 noya — Sputnik. AQSh Milliy razvedka xizmati rahbari Jeyms Klepper iste’foga chiqarishlarini so‘rab iltimosnoma yozdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.
"Kuni kecha kechqurun men iste’foga chiqarishlarini so‘rab, iltimosnoma yozdim", — deb xabar qilgan u AQSh Kongressida.
Klepper, shuningdek, egallab turgan lavozimida yana atigi 64 kun ishlab berishi kerakligini aytgan.
AQSh Milliy razvedka xizmati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Amerika uning 50-yillik faoliyatida kuzatilmagan "eng jiddiy chaqiriqlarga" duch kelmoqda.