TOShKENT, 17 noya – Sputnik. Bugungi kunda AQShda ta’lim olayotgan O‘zbekistonlik talabalar soni salkam 8%ga oshib 530 kishini tashkil qildi, deyilgan International Education institutining yillik hisobotida.
Shuningdek AQSh elchixonasi e’lon qilgan press-relizda O‘zbekiston O‘rta Osiyo mamlakatlari orasida talabalar soni eng ko‘p bo‘lgan va eng tez o‘sib borayotgan mamlakat sifatida qayd etilgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, AQShda ta’lim olayotgan talabalarning 50% — bakalavriat darajsida, 35 % — magistr darajasida 10% — qo‘shimcha amaliyo mashg‘ulotlar va qolgan 5 foizi turli til o‘rganuvchi yoki boshqa qisqa muddatli dasturlar asosida ta’lim olmoqda.
Hisobotga ko‘ra, AQShda ta’lim olayotgan chet el talabalari soni bu yil 1 millondan oshib ketdi. Chet ellik talabalar eng ko‘p kelayotgan mamlakat bu – Xitoy (328 ming), Hindiston (166 ming). AQShdagi barcha chet ellik talabalarning 47% Xitoy va Hindistonlik.