Kamilov Tojikiston TIV o‘rinbosari bilan chegara masalalarini muhokama qildi

Obuna bo‘lish
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining qator jihatlari, jumladan davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi

TOShKENT, 16 noya – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 16-noyabr kuni Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mahmadsharif Haqdodni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlarining qator jihatlari, jumladan davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 14-noyabr kuni O‘zbekiston TIVda Tojikiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan hamda O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokara jarayonini faollashtirish va uni qonuniy rasmiylashtirishni tezlashtirish masalalari muhokama qilingandi.

 

Yangiliklar lentasi
0