Urganch shahrida taksi homilador ayollarga bepul xizmat ko‘rsatmoqda

© Agentstvo avtomobilnogo i rechnogo transporta RUz Taksi bayram kunlari nogironlar va homilador ayollarni bepul tashimoqda
Taksi bayram kunlari nogironlar va homilador ayollarni bepul tashimoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Urganch shahridagi "Xorazm Ravon trans" MChJ yengil taksi haydovchilari bayram kunlari shahar ichi yo‘nalishlarida homilador ayollar va nogironlarni bepul manziliga yetkazmoqda

TOShKENT, 15 nogya — Sputnik. Bu tashabbus Jamiyat rahbariyati va haydovchilarning o‘zlaridan chiqqan, deb xabar qilgan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi matbuot-xizmati.

Jiguli avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
"Voditeli Namangana" 911 xizmatini ishga tushirdi
Xabarda aytilishicha, yil boshidan beri har bayramda korxonaga qarashli yo‘nalishsiz taksi avtomobillari shahar hududida nogironlar va homilador ayollarga tekinga xizmat ko‘rsatmoqda. Savobtalab avtotransportchilardan aholi juda mamnun: haydovchilar ushbu "aksiya" yo‘lga qo‘yilganidan beri yo‘lovchilarning ularga nisbatan ayricha hurmat bilan qaray boshlaganini, har qadamda maqtov va duolarga sazovor bo‘layotganlarini aytadilar.

Ajabki, savob ishga qo‘l urilganidan keyin korxonaning pullik mijozlari soni ortib, tushum ko‘paydi. O‘z navbatida, haydovchilarning daromadlari ham.

Ezgu ish orqasida topayotgan obro‘-e’tibor va barakadan ruhlangan "Xorazm Ravon trans" MChJ rahbariyati endilikda tug‘ruqxonadan "yangi mehmon" bilan chiqqan yosh onalarni uylariga bepul yetkazib qo‘yishni tashkil etish niyatida. "Har kim qurbi yetgancha savob ish qilganiga nima yetsin! Odamlarga yaxshilik qilsangiz, muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zsangiz, o‘zingiz ham ruhiy halovatga erishasiz. Shunday ekan, boshlagan xayrli ishlarimizni aslo to‘xtatib qo‘ymaymiz", – deydi korxona rahbari Adilbek O‘razov.

"Xorazm Ravon trans" MChJ ko‘p yillarlan buyon shaharda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Hozirgi kunda korxona tasarrufida 26 ta yengil avtotransport vositalari mavjud. Avtomobillarni kunlik texnik ko‘rikdan, haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish malakali xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0