TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Ommaviy axborot vositalarida xonanda Rayhon G‘aniyeva va boshlovchi Farhod Alimov asal oyini o‘tkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga jo‘nab ketishgani haqida xabar berilgan edi.
Ayni kunlarda, baxtiyor juftlik ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga sayohat chog‘ida tushgan suratlarini joylashtirib, turlicha talqin qilish mumkin bo‘lgan izohlarni yozib qoldirishmoqda.
"Shunday vaqt keladiki, butun qabih olam va shunday odamlardan o‘zingni olib qochasan. Atrofingda esa seni baxtli qilayotgan, yomonni unutishga ko‘maklashadigan, yaxshilikka olib boradigan insonlarni to‘playsan.
Seni to‘g‘ri yo‘lga yetaklovchi insonlarni sevgin. Hayot judayam qisqa uni baxtsiz yashab o‘tish uchun…"
Rayhon G‘aniyeva o‘zining Instagramdagi sahifasida xuddi shunday so‘zlarni yozib qoldirgan.
Va sal vaqtdan so‘ng quyidagilarni qo‘shimcha qilgan:
"Robbim uch yo‘l bilan bizga javob beradi. Birida "ha" deb, istagan narsangni beradi. Ikkinchisida "yo‘q" deb, undanda yaxshirog‘ini beradi. Uchinchisida esa "sabrli bo‘l" deya eng oliysini hadya qiladi"…
Tabiiyki, muxlislar bu ham bu suratlarni izohsiz qoldirishmayapti.
Internet foydalanuvchilarining aksariyatini juftlikning birgalikdagi surati iyo‘qligi hayron qoldirgan bo‘lsa-da, ammo ikki yoshga baxt tilashdan charchamayotganlar ham ko‘plab topilmoqda.
"Sizlarga ofarin! Omad yor bo‘lsin! Rayhon baxtga loyiq va Farhod Alimov uning orzuidagi, u bir umr kutgan inson bo‘lishiga ishongimiz keladi", "Bir-biringizni seving va qo‘sha qaringizlar", deya tilak bildirishmoqda ular.