TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomiy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda darakchi nashri.
"Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston davlatlararo chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokara jarayonini faollashtirish va uni qonuniy rasmiylashtirishni tezlashtirish masalalari muhokama qilindi", — deyiladi xabar matnida.