TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston jamoasining boshlang‘ich tarkibini komanda murabbiyi Samvel Babayan quyidagi tartibda belgiladi:
Darvozabon: Igor Lobanov ("Paxtakor"), himoyachilar: Davron Xoshimov ("Paxtakor"), Yegor Krimes ("Beyjin Goan", Xitoy), Anzur Ismailov ("Changchun Yatay", Xitoy), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv", Rossiya), yarim himoyachilar: Vadim Afonin ("Orenburg", Rossiya), Otabek Shukurov ("Bunyodkor"), Odil Axmedov (kapitan, "Krasnodar", Rossiya), Marat Bikmayev ("Lokomotiv"), Eldor Shomurodov ("Bunyodkor"), va hujumchi Igor Sergeyev ("Beyjin Goan", Xitoy).
Raqib tarkibi ham ma’lum:
Starting lineups for @theKFA vs @UzbekistanFF_en! #WCQ2018 #RoadToRussia #KORvUZB pic.twitter.com/dAqJyTQKXT
— The-AFC.com (@theafcdotcom) 15 noyabrya 2016 g.
Bugungi holyatda O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining A guruhida ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Oldinda Eron jamoasi bir ball ustunlik qilmoqda. Orqada Esa Janubiy Koreya (7 ochko bilan), Suriya (4 ochko), Qatar(3) va Xitoy (1).
Jahon chempionatiga guruhdan ikki jamoa chiqish huquqiga ega. Uchinchi o‘rin olgan jamoalar Shimoiy va markaziy Amerika Futbol konfederatsiyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
O‘zbekiston va Koreya jamoalari uchrashuvi ayni damda boshlangan, va unda O‘zbekiston jamoasi 1:0 hisobida ustunlik qilmoqda. Birinchi gol muallifi Marat Bikmayev.
HALF TIME | @theKFA 0-1 @UzbekistanFF_en #WCQ2018 #RoadToRussia #KORvUZB pic.twitter.com/pcn8csYyVs
— The-AFC.com (@theafcdotcom) 15 noyabrya 2016 g.
Uchrashuvga Saudiya Arabistonilik arbitr Faxad al-Midrasi hakamlik qilmoqda.
JCh doirasida bugun guruhning yana ikki muhim o‘yinlari bo‘lib o‘tadi: Xitoy va Qatar, hamda Suriya va Eron terma jamoalari orasida.
Ikkinchi taymda Koreyalik Nam Tay Xi hisobni tenglashtirdi — 1:1.
O‘yin tugashiga 5 minut qolganda Ku Ja Chol yana bir gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi. O‘yin 2:1 hisobda, Janubiy Koreya g‘alabasi bilan tugadi.