TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Toshkentdagi "Mehr va Oqibat" jonivorlarni himoya qilish jamiyati IV "Jonivorlar kiyim emas" nomli xalqaro tadbirga qo‘shilishdi. Ushbu mavzuga bag‘ishlangan uchrashuv kovorking-sentrda bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" sahifasi.
Uchrashuv boshida tadbir tashkilotchilari jamiyat a’zolariga "Jonivorlar kiyim emas" mavzusida bir ne videolavhalar namoyish etishdi. Keyin esa bugungi kunda qimmatbaho mo‘ynalar qanday yo‘llar bilan topilayotgani haqida to‘xtalib o‘tildi.
"Masalan, bir dona po‘stin tikish uchun 20 ta tulki tok bilan o‘ldiriladi, yo 60 ta norka gaz bilan zaharlanadi, yoki 9ta qunduz suvga cho‘ktiriladi, yo bo‘lmasa 100 ta olmaxonning bo‘yni sindiriladi", — deyilgan guruhning Facebookdagi sahifasida.
Qizig‘i shundaki, bugungi kunda do‘konlarda sotilayotgan shubalarning asosiy qismi — noyob hayvonlar mo‘ynasidan emas, balkim yaxshi shilov berilgan it va mushuklar terisidan tikiladi. Ushbu hayvonlar qayerda tutilgan qinday o‘ldirilganini ishlab chiqaruvchi biladi xolos…
"Po‘stin (shuba) — bu o‘lik hayvonlar mozori. Haqiqiy ayol mozor kiyib yurmaydi", — deb mashhur fransuz aktrisasi Bridjit Bordoning so‘zlarini keltiradi toshkentlik himoyachilar.
Zamonaviy odamga, mo‘yna po‘stin kiyib yurishga hech qanday ehtiyoj yo‘q, axir biz, qadim zamonlardagidek, g‘orda yashamaymizku. Bugungi kunda sun’iy mo‘yna va terilardan tikilgan kiyimlar juda ko‘p. Hayvonlarni qiynab o‘ldirmasdan ham chiroyli kiyinib yursa bo‘ladi.