TOShKENT, 14 noya — Sputnik. ShHTning "yoshlar kartasi" 2017-yilda amalga kiritilishi rejalashtirilgan, dedi Rossiya davlat dumasi iqtisodiy siyosat bo‘yicha raisi o‘rinbosari, ShHT yoshlar kengashi raisi Denis Kravchenko.
"Loyiha keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, davlatlararo miqyosdagi milliy innovatsion mahsulot maqomiga da’vogarlik qiladi", — dedi Kravchenko Moskvada bo‘lib o‘tgan davra stolida.
"Jahon moliyaviy-iqtisodiy iqlimi bilan bog‘liq murakkabliklarga qaramasdan, biz ShHT “yoshlar kartasi”ni amalga kiritish yo‘lida harakat olib bormoqdamiz. Bizningcha, bu yoshlarning ShHT makonida erkin harakatlanishlarini ta’minlaydigan muhim loyihadir", — dedi u.
Uning aytishicha, loyiha uch unsurni: internet-portal, mobil ilova va plastik kartani o‘z ichiga oladi.
2001 yilda tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. 2015-yilda ShHTga Hindiston va Pokistonni qabul qilish jarayoni ishga tushgan. Armaniston, Ozarbayjon, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka hamkor mamlakatlar hisoblanadi.