TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘sh viloyatida 4,5-ballli zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston FVV matbuot xizmatiga tayanib.
Zilzila oqibatida qurbon bo‘lganlar yoki vayronagarliklar haqida ma’lumot hozircha yo‘q.
Yer qimirlashi ertalab 8:07da qayd etildi. O‘shda yer silkinishi kuchi 3-3,5 ballni, yaqin-atrofdagi Uch-Kaptal, Chaychi aholi maskanlarida 4-4,5 ballni tashkil etgan.
Kecha soat 20:09da ham O‘sh viloyatida yer silkinishi qayd etilgandi. Zilzila o‘chog‘i Qirg‘izistonning Xitoy bilan chegarasida —Nur qishlog‘idan 10 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Yer silkinishi kuchi 2-2,5 ballga teng bo‘lgan.