TOShKENT, 14 noya – Sputnik. AQSh yangi tanlangan prezidenti Donald Tramp prezident oyilgidan voz kechishini ma’lum qildi.
CBS telekanalining “60 minut” dasturida Trampdan prezident lavozimida ishgan vaqtida oylik olasizmi, deb so‘rashdi.
“Mening javobim – yo‘q, lekin qonun bo‘yicha hech bo‘lmasa 1$ olishim kerak, demak oyligim 1$ bo‘ladi”, — dedi Tramp.
Odatda, AQSh prezidenti maoshi yiliga 400 ming dollarni tashkil qiladi. Undan tashqari davlat rahbari shaxsiy xarajatlari uchun 50 ming $, xizmat safarlari xarajatlari uchun 100 ming $ va dam olish uchun 19 ming $ ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp siyosat bilan bir yil oldin shug‘ullana boshladi. Bundan oldin esa u muvaffaqiyatli biznesmen edi. Forbes jurnali ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda Trampning mablag‘i 3,7mlrd $ ni tashkil qiladi.