TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘tgan haftada Farg‘onada O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish komissiyasi ishchi guruhlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
Guruhlar birgalikda, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joylashgan chegaraning oldin kelishilmagan 14 bo‘lagida dala izlanishlari va topografik tasvirlar chizishdi.
"Chegaraning 7 ta k yelishlmagan bo‘laklari borasida ishchi guruhlar tuzildi. Shunday qilib 13-noyabr holatiga chegaraning kelishilgan bo‘laklari soni 56tani tashkil qildi", — deyilgan xabarda.
Uchrashuv natijasiga ko‘ra, chegaraning qolgan kelishilmagan bo‘laklari borasida ham kerakli protokollar imzolanib, dala izlanishlari, topografik va yer izlanishlari o‘tkazish ishlari jadvali kelishib olindi.