TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Pokistonning Balojiston viloyatida joylashgan Shax Nuroniy Bobo ziyoratgohida shanba kunchi kechqurush sodir bo‘lgan portlash oqibatida 52 kishi qurbon bo‘ldi, 100 ga yaqin kishi jarohatlandi, deb xabar qilmoqda Geo News.
"Ziyoratgoh tog‘li hududda doylashgani tufayli yordam kechikmoqda. O‘z vaqtida yordam tibbiy yordam ko‘rsatilmagani tufayli qurbonlar soni yanada oshmoqda. Qurbonlar orasida ayollar va bolalar ham bor", — deyilgan telekanal xabarida
Karachidan 200km masofada joylashgan, Shax Nuroniy Bobo ziyoratgohiga yetib kelish uchun Pokiston harbiy kuchlari va favqulodda xizmat bo‘limlari 3-4 soat vaqt sarflamoqda. Jarohatlanganlar Xub, Xuzdar, Lasbella va Karachi shaharlaridagi kasalxonalarga joylashtirilmoqda. Pokiston harbiy qo‘mondoni Raxil Sharif jarohatlanganlarni transportatsiya qilish va tez yordam ko‘rsatish uchun barcha kuchlarni ishlatishni buyurgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 200ga yaqin ziyoratchilar to‘plangan joyda yosh xudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborgan. Ko‘proq odamga zarar yetkizish uchun portlovchi moslama ichiga temir parchalari solingan bo‘lgan.
Ayni damda bir necha OAVlar ushbu terakt uchun javobgarlikni "Islom davlati" o‘z bo‘yniga olganini xabar qildi.
Hazrat Shax Nuroniy Bobo – Balojiston viloyatidagi eng mashhur ziyoratgoh bo‘lib, bu yerga kuniga yuzlab kishilar ziyoratga keladi. Aytishlariga qaraganda 500-yil oldin ushbu yerda tog‘ cho‘qqisida Sayid Saxi Shax Bilaval Nur ismli kishi odamlardan yiroqda, tog‘ cho‘qqisida yashab o‘tgan ekan. Keyinchalik ushbu tog‘ cho‘qqisida kichik masjid qurilgan.