"Uralskie avialinii" Chelyabinskdan Toshkentga parvozlarni amalga oshirishni boshladi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishAirbus A320
Airbus A320 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
11 noyabrdan Rossiyaning Urali aholisi "Uralskie avialinii" aviakompaniyasining Chelyabinsk-Toshkent reysidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Chelyabinsk va Toshkent o‘rtasidagi muntazam aviaaloqa 11-noyabrda ochildi, birinchi reys bo‘yicha samolyot kunning ikkinchi yarmida jo‘nab ketdi, deb xabar qilmoqda kun.uz nashri.

"11-noyabrdan Rossiyaning Urali aholisi "Uralskie avialinii" aviakompaniyasining Chelyabinsk-Toshkent reysidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi", — deyilgan xabar matnida.

Xabarda aytilishicha, yangi reysning ochilishi tantanali ravishda o‘tgan. Unda Chelyabinsk viloyati iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Anton Baxayev, Chelyabinsk aeroporti va Havo aloqalari markaziy agentligi rahbariyatlari ishtirok etishgan.

Ta’kidlanishicha, yangi yo‘nalish "Chelyabinsk" xalqaro aeroporti parvozlar jadvaliga kiritilgan va 2017-yilning 24-martigacha amal qiladi.

Chelyabinskdan Toshkentga samolyot har haftaning juma kunlari mahalliy vaqt bilan soat 8.35da jo‘nashi va Toshkentda 10.50 da qo‘nishi rejalashtirilgan. "Toshkent" xalqaro aeroportidan ortga reys ham juma kunlari soat 12.20 da amalga oshiriladi. Samolyot  Chelyabinskga 15.35 da yetib keladi.

Parvozlar 160 yo‘lovchini sig‘dira oladigan shinam "Airbus A-320" samolyotlarida amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0