Qozog‘iston sharqida sakkiz yashar qiz o‘lik holatda topildi

© Foto : STRQizaloq
Qizaloq - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sakkiz yashar Viktoriya Toykeneva 10-noyabr, payshanba kuni yo‘qolgan, ertasi kuni uning jonsiz tanasini aniqlangan

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Qozog‘istonning sharqiy qismi, Ziranovsk shahrida istiqomat qilgan qizaloq o‘lik holatda topildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qozog‘iston nashri.

Petlya na viselitse - Sputnik O‘zbekiston
Olma-Ota sudi 10 kishining qotiliga o‘lim jazosi berdi
Qozog‘iston mahalliy televideniyesi xabariga ko‘ra, 10-noyabr kuni, kunning ikkinchi yarmida ikkinchi sinf o‘quvchisi Viktoriya Toykeneva maktabdan chiqib, to‘g‘ri bekatga qarab yo‘l olgan. Ammo avtobusga minmagan. Soat 15.00da esa uning qo‘l telefoni o‘chirilgan. Shu paytning o‘zida qizaloqning qarindoshlari va ko‘ngillilar uni izlashga kirishganlar.

Shahar aholisining aytishicha, Viktoriyaga juda o‘xshab ketadigan qizaloqni bir erkak hamrohligida ko‘rishgan. Qarindoshlari Viktoriyaning odobli qiz bo‘lganini aytishmoqda. "U ota-onasi ruxsatisiz hech qayerga chiqmasdi, lekin juda sodda edi", — deya qo‘shimcha qilishdi ular.

Nashr xabariga ko‘ra, hozirgacha olingan, ammo tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, qizaloqning kuygan tanasi Ziranovsk shahridagi tashlandiq bir uy ichidan topilgan. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga muvofiq, Qozog‘iston politsiya xizmati jinoyatda gumon qilinayotgan shaxs — qizaloqning o‘gay otasi qo‘lida ishlagan erkakni qo‘lga olishgan.

Politsiyachilar hodisa yuzasidan izoh berishdan bosh tortmoqda.

Yangiliklar lentasi
0