TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati (FSB) Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida jamoat joylarida teraktlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan mintaqalararo terrorchilik guruhi faoliyatini to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti xalqaro axborot agentligi.
"12 noyabr kuni shtkazilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv tadbirlari natijasida Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida 10 nafar terrorchilar qo‘lga olindi", — deb ta’kidlangan xabarda.
Nashrga ko‘ra, jinoiy guruh Markaziy Osiyo fuqarolaridan iborat. Ulardan katta portlash kuchiga ega 4 dona qo‘lbola bomba, o‘qotar qurol, o‘qlar va aloqa vositalari tortib olingan.
Qo‘lga olinganlar ayni damda "Islom davlati" xalqaro terrorchilik uyushmasi rahbarlari bilan qanday aloqalari borligi, maqsad va sheriklari to‘g‘risida ko‘rsatma beraptilar, deb ta’kidlangan xabarda.