Obama "Jabhat an-Nusra" rahbarlarini topib yo‘q qilishga buyruq berdi

© RAMI AL-SAYED / AFP"Jabhat an-Nusra" jangarilari
Jabhat an-Nusra jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchilik tashkiloti rahbarlarini uchuvchisiz qurilmalar yordamida izlab topish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Oq Uyda Suriya shimoli-g‘arbida "Jabhat an-Nusra" jangarilarini aniqlash uchun qo‘shimcha uchuvchisiz qurilmalarni ishga solishga buyruq berildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Washington Post nashriga tayanib.

"Prezident Obama harbiylarga shu paytgacha ma’muriyat tomonidan "Al-Qoida" bilan aloqadorligi inkor etib kelinayotgan, Suriya hukumatiga qarshi kurashayotgan guruhning rahbarlarini topish va yo‘q qilishni buyurdi", — deb yozmoqda nashr AQSh ma’muriyatidagi rasmiy shaxslarga tayanib.

Djabhat an-Nusra jangarilari - Sputnik O‘zbekiston
“Jabhat an-Nusra” erkaklarni majburiy safarbar qilmoqda

Washington Post manbalarining aytishlaricha, "o‘zini ilgari "Jabhat an-Nusra" deb atagan guruhga qarshi qo‘shimcha uchuvchisiz qurilmalar, kuch va razvedka ma’lumotlarini ishga solish qarori Obamaning terrorchilar Suriyaning ayrim hududlarini janubiy Yevropaga hujum qilish uchun "Al-Qoida" bazasiga aylantirishlaridan xavotirda ekanligini bildiradi".

Nashrning bildirishicha, bu qadam qaysidir darajada Obamaning prezident Bashar Asadga bosim o‘tkazishga emas, Suriyadagi terrorizmga qarshi kurashga ustuvorlik berayotganidan dalolatdir. 

"Jabhat an-Nusra" — "Al-Qoida" xalqaro terrorchilik tashkilotining Suriya va Livandagi bo‘limi. U 2012-yil yanvarda tashkil qilingan va Suriya hukumatiga qarshi kurashayotgan guruhlardan biridir. BMT, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Turkiya va Rossiya "Jabhat an-Nusra"ni terrorchilik tashkiloti deb tan olgan.

O‘tgan yilning iyunida guruh "Al-Qoida" bilan aloqani uzganligini va nomini "Jabhat fatah ash-Shom" deb o‘zgartirganini e’lon qildi.

Yangiliklar lentasi
0