TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston hamda Benilyuks davlatlari turistik operatorlari o‘rtasida 11-17 noyabr kunlari uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi "O‘zbekturizm" MK.
Tadbirlarda O‘zbekistondan 24 turoperator ishtirok etmoqda. Mazkur uchrashuvlar orqali Amsterdam, Brussel va Lyuksemburgdagi turoperatorlar O‘zbekistonning turistik maskanlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishadi.
B2B-uchrashuvlari vaqtida shuningdek O‘zbekiston Respublikasining turistik salohiyati taqdimoti va milliy taomlar degustatsiyasi bo‘lib o‘tadi ("V2V" – bu bir kompaniyaning boshqalariga xizmat ko‘rsatishi).