TOShKENT, 11 noya — Sputnik. 2016-yilning 11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Saudiya Arabistoni Podshohligi Elchisining o‘rinbosari Muhammad al-Tamimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
"Suhbat chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasining Makka shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdan tashqari majlisi ishida ishtirok etishining amaliy masalalari muhokama qilindi", — deyiladi xabar matnida.