TOShKENT, 11 noya — Sputnik. AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Xillari Klinton ilk bor omma orasida ko‘rinish berdi, odamlar uni turmush o‘rtog‘i va iti bilan o‘rmonda sayr qilib yurgan vaqtida ko‘rib qolishdi, deb xabar qilgan CNN telekompaniyasi payshanba kuni.
Albatta, siyosatchi ayolning omma orasida namoyon bo‘lishi rasmiy tarzda kechgani yo‘q. Gap shundaki, Nyu-York shtatida yashovchi fuqarolardan biri Xillarini tasodifan o‘rmonda uchratib qolgan. AQSh prezidentligiga sobiq nomzod turmush o‘rtog‘i va iti bilan sayr qilib yurgan ekan.
"Avvaliga men uning turmush o‘rtog‘i(Amerikaning sobiq prezidenti)ni tanib qoldim. Keyin esa uning yonida Xillari ham borligiga guvoh bo‘ldim", — deb hikoya qilgan guvoh telekanalga.
Telekanal efirida Xillari Klintonning guvoh-ayol bilan birga tushgan selfisi ham namoyish etilgan.