"Nomerla bor, nomerla!" - internet olami "zolotoy" nomerlar savdosini muhokama qilmoqda

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishAvtosalon
Avtosalon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Internet foydalanuvchilari tomonidan "platinum", "oltin", "kumush" va "bronza" avtomobil raqamlari necha pul turishi ko‘rsatilgan hujjat e’lon qilindi

TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, tez orada O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan eng sara avtomobil raqamlari savdosi tashkillashtirilishi mumkin. Bu haqda internetda bir yo‘la bir nechta o‘zbek guruhlari ma’lumot tarqatgan, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Internet-foydalanuvchilari ushbu xabarning haqqoniyligini tasdiqlash uchun  "platina", "oltin", "kumush" va "bronza"ga bo‘lingan avtomobil raqamlari bahosi ko‘rsatib o‘tilgan hujjat suratini ilova qilishgan.

Hujjatga ko‘ra, birinchi toifadagi raqamga egalik qilmoqchi bo‘lganlar — eng kam ish haqining 200 baravari miqdorida (ya’ni taxminan 29,9 million so‘m), "oltin" raqam uchun — eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida (ya’ni, taxminan 14,9 million so‘m), "kumush" raqam uchun — eng kam ish haqining 50 baravari miqdorida (yoki 7,4 million so‘m), "bronza" raqam uchun esa — eng kam ish haqining 20 baravari miqdorida (2,9 million so‘m) mablag‘ni "qurtday" sanab berishlari kerak bo‘ladi.

© Facebook / Voditeli Tashkenta"Zolotoy" raqamlar narxi
Zolotoy raqamlar narxi - Sputnik O‘zbekiston
"Zolotoy" raqamlar narxi

Eng qizig‘i, ushbu xabarni qizg‘in muhokama qilayotgan internet foydalanuvchilari ikki guruhga bo‘lindilar: birinchi tomon bu xabar haqiqat ekanligini ta’kidlasa, ikkinchi tomon e’lon qilingan hujjat — yolg‘ondan boshqa narsamasligini aytib, barchani bunga ishonmaslikka chaqirmoqda.

Izoh qoldirganlarning aksariyati, ayni vaqtda avtomobilning "zolotoy" raqami faqatgina pora evaziga sotilayotganini va yuqoridagi yangilik rost bo‘lsa, yanada yaxshi bo‘lishini aytishgan. "Va nihoyat, endi pullar egri qo‘lli mansabdorlar cho‘ntagiga emas, balki davlat g‘aznasiga tushar ekan, shunisi ham ma’qul", — deya fikr bildirgan aksariyat internet foydalanuvchilari.

O‘zbekistonliklarning aksariyati esa ushbu xabarni yumor ila qabul qilmoqda.

"Avvaldan shunday qilish kerak edi, chunki shu paytgacha, davlat emas, balki DAN xodimlari daromad olgan bundan. Endi DAN xodimlari "shapka" kiritsa kerak, yoki DAN oldida "Nomerla bor, nomerla" deb baqirib turadiganlar paydo bo‘lsa ham, ajabmas", — deb yozgan foydalanuvchilardan biri.

Boshqa tomondan, agar ushbu tashabbus amalga oshirilgan taqdirda, u butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘z muxlislarini topishi ham shubhasiz. Axir, 24 million so‘mga uyali aloqa operatorlaridan telefon raqamini xarid qilgan boyvuchchalar, salkam 30 millionga avtomobil raqamini xarid qilmaydi, deb o‘ylaysizmi?

Afsuski, Davlat Yo‘l harakati xizmati boshqarmasidagi Sputnikning o‘z manbasi ushbu xabarni rad ham etmadi va tasdiqlamadi ham. Ichki ishlar organlari xodimlari tez orada bu borada rasmiy bayonot bilan chiqish qilishlariga umid bildirib qolamiz.

Yangiliklar lentasi
0