Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni tabrikladi

Obuna bo‘lish
O‘tgan davr mobaynida qo‘shma sa’y-harakatlar natijasida O‘zbekiston-AQSh hamkorligining mustahkam poydevori qurildi

TOShKENT, 10 noya – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Donald Trampni saylovdagi ishonchli g‘alabasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentligiga saylanganligi munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida ma’lum qilindi.

O‘zbekiston rahbari AQSh bilan strategik sherikchilik munosabatlarining barqaror rivojlanayotganligini ta’kidladi.

Joriy yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan O‘zbekistonning davlat mustaqilligi e’tirof etilganiga 25-yil bo‘ladi. O‘tgan davr mobaynida qo‘shma sa’y-harakatlar natijasida O‘zbekiston-AQSh hamkorligining mustahkam poydevori qurildi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida Donald Trampga sog‘lik-salomatlik va mas’uliyatli davlat mansabida ulkan muvaffaqiyatlar, butun AQSh xalqiga esa tinchlik, osoyishtalik va taraqqiyot tiladi.

Yangiliklar lentasi
0