TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Moskva aeroportlarida 100ga yaqin reyslar bekor qilindi, 21tasi kechiktirildi, deb xabar bermoqda Yandeks.Raspisanie servisi.
Bunga noqulay ob-havo sabab bo‘ldi. Bugun tunda poytaxtda yomg‘ir aralash kuchli qor yog‘a boshladi va uning hali-beri tinishi dargumon.
Payshanba kuni Moskvada ob-havoning yomonlashishi kutilmoqda.
Mahalliy vaqt bilan soat 09.07 holatiga ko‘ra Vnukovoda 1 reys bekor qilindi. Domodedovoda 16 reys kechiktirildi, 7tasi bekor qilindi. Sheremetyevoda 5 reys kechiktirildi, 90tasi bekor qilindi.
Rossiyaning "Aeroflot" kompaniyasi 10-11 noyabr kunlari ob-havoning noqulayligi sababli "Sheremetyevo" aeroportidagi 89 reys bekor qilinishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, "Aeroflot" 10-noyabr kuni 28ta reys kechikishini ham ma’lum qilgan.