Malayziyada o‘zbekistonlik ayollar jinsiy qullikdan qutqarildi

Obuna bo‘lish
Yoshlari e’lon qilinmayotgan o‘n yetti ayol politsiya tomonidan ozod qilindi

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Kuala-Lumpur politsiyasi 8-noyabr kuni Bukit Seylon tumanida qo‘shmachilikda gumon qilingan ayolni qo‘lga oldi va o‘zbekistonlik 17 nafar ayolni jinsiy qullikdan qutqardi, deb xabar bermoqda New Strait Times nashri.

Yoshlari e’lon qilinmayotgan o‘n yetti ayol politsiya tomonidan ozod qilindi. Tan Shri politsiyasining bosh inspektori Abu Bakar mazkur voqeani o‘zining Twitterdagi rasmiy akkauntida tasdiqladi.

"Kuala-Lumpurda, Bukit Seylonda qo‘shmachining muvaffaqiyatli hibsga olingani va o‘zbekistonlik 17 nafar ayolning qutqarilgani bilan tabriklayman", — deb yozdi u o‘z Twitterdagi akkauntida.

U shuningdek tumanda odam savdosiga va migrantlar kontrabandasiga qarshi kurashni yuqori baholadi.

Yangiliklar lentasi
0