Farg‘onada "Saylov va yoshlar" forumi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onadagi saylov va yoshlar forumi
Farg‘onadagi saylov va yoshlar forumi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur forum yoshlarni milliy saylov qonunchiligi bilan tanishtirish, huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etildi

TOShKENT, 10 noya – Sputnik. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati Farg‘ona viloyati kengashi hamda 11-Farg‘ona saylov okrug komissiyasi hamkorligida "Men o‘z kelajagim uchun ovoz beraman" shiori ostida "Saylov va yoshlar" deb nomlangan forum bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari yoshlari ishtirok etdi. 

Mazkur forum yoshlarni milliy saylov qonunchiligi bilan tanishtirish, huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Dastlab forum ishtirokchilari Farg‘ona shahri markazidagi Ahmad Farg‘oniy nomli madaniyat va istirohat bog‘iga tashrif buyurishib, buyuk alloma haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Shundan so‘ng forumning ochilish marosimida bo‘lib o‘tdi.

Forum ishtirokchilari Farg‘ona politexnika institutida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, talaba-yoshlarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar hamda o‘quv xonalari bilan tanishdilar.

Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishi - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi seminar treninglar tashkil etadi

Faol yoshlar oliygohda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov o‘tkazuvchi 729-saylov uchastkasida uchastka saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdilar. Shuningdek, ular mazkur uchastkada birinchi marta ovoz berayotgan yoshlar uchun namunali tashkil etilgan ovoz berish  jarayonining guvohi bo‘ldilar.

Shundan so‘ng vodiy yoshlari maxsus avtobuslarda Rishton tumani sari yo‘l oldilar. Ular respublikaga tanilgan, kulolchilik san’atini puxta egallagan usta kulollar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Forum ishtirokchilari Rishton tumanida Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlari ishtirokidagi o‘tkazilgan onlayn  tarzdagi videomuloqotda ishtirok etdilar.

Yoshlarning savollariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zolari,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovini o‘tkazuvchi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi a’zolari hamda ekspertlar tomonidan javoblar qaytarildi.

Shundan so‘ng vodiy yoshlarining mamlakat yoshlariga saylovni yuqori saviyada, faollik bilan o‘tkazishga qaratilgan murojaati qabul qilinib, o‘qib eshitirildi.
M. Sulaymonov,
M. To‘lanov.

Yangiliklar lentasi
0