TOShKENT, 10 noya — Sputnik. AQShning Tojikistondagi elchixonasi o‘z fuqarolarini mazkur respublikada terrorchilik hujumlari ehtimolidan ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston elchixona saytiga tayanib.
"AQShning Dushanbedagi elchixonasi terrorchilar guruhi odamlar gavjum joylarda yoki Afg‘oniston bilan chegara uchastkalarida hujum uyushtirishlari mumkinligi haqida axborot oldi. Bu Tojikiston hududida terrorchilik hujumi bo‘lishi haqidagi so‘nggi ma’lumotdir", — deyiladi xabarda.
Elchixona AQSh fuqarolariga gavjum joylarda bo‘lmaslik va jamoat transportiga chiqmaslikni hamda lager va Tog‘li Badaxshon viloyatiga sayohatga bormaslikni tavsiya qilmoqda.
Ilgariroq Afg‘onistonning shimoliy tumanlari politsiyasi boshlig‘i OAVga "Tolibon" jangarilari xorij terrorchilari Tojikiston va O‘zbekiston hududiga sezdirmasdan kirib olishlari uchun Qunduz viloyatiga hujumni kuchaytirishganini bildirgandi.