TOShKENT, 10 noya – Sputnik. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning jasadi bugun AQShdan Toshkentga olib kelindi.
Shoirni so‘nggi manzilga kuzatish uchun qarindoshlari, do‘stlari, shoirlar, yozuvchilar, madaniyat va san’at olami vakillari, davlat va jamoat tashkilotlarining xodimlari jam bo‘lishdi.
Shoirning Do‘rmondagi xonadonida janoza o‘qildi va marhum Toshkentdagi “Chig‘atoy” qabristoniga dafn etildi.
Abdulla Oripov davomli xastalikdan so‘ng 5-noyabr kuni AQShning Xyuston shahrida vafot etgan edi.