TOShKENT, 9 noya — Sputnik, Anton Kurilkin. Moskvada “MDHga 25-yil: O‘zaro tushunish, hamkorlik va rivojlanish” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan forumda Hamdo‘stlikning oxirgi 25-yildagi faoliyati va istiqbollari muhokama qilinmoqda.
Qrim Respublikasi Vazirlar kengashining raisi o‘rinbosari Georgiy Muradov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan muloqotda bo‘lib, Yarim orolning Rossiyaga qo‘shilishi borasida o‘z fikrii bildirdi.
“Biz, barcha MDH davlatlari bir narsani aniq va ravshan tushunib olishlarini istagan bo‘lar edik, Rossiyaning mustahkamlanishi – bu bizning hamkorligimiz negizi bo‘lgan Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqining va butun MDHning mustahkamlanishidir”, — dedi siyosatchi.
Muradovning so‘zlariga qaraganda, MDH mamlakatlari birgalikda ko‘plab qiyinchiliklardan o‘tishgan, va kelajakda ham birgalikda shunday qiyinchiliklardan o‘tishlari mumkin va Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi – Hamdo‘stlikning barcha mamlakatlari uchun foydalidir.
“Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi MDHda ehtiyotkorlik bilan qabul qilinmasligi kerak, chunki bu MDHning barcha mamlakatlar uchun foydalidir. AQSh o‘z rejalarini amalga oshirib, Sevastopolda NATO harbiy bazalarini joylashtirganida, bu hammamizning xavfsizligimizga tahdid solgan bo‘lar edi. Lekin Qrim xalqi va Rossiya bunga yo‘l qo‘yishmadi. Bu albatta barchamiz uchun foydalidir”, — dedi Muradov.
Siyosatchining fikriga ko‘ra, bugungi kunda MDH davlatlari orasida Qrimga qiziqish ortib bormoqda. Asosan bu turistik va ijtimoiy mavzulardagi qiziqish bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qrim yarim oroli Rossiya Federatsiyasi tarkibiga 2014-yilda Ukrainada bo‘lgan davlat to‘ntarilishidan keyin amalga oshirilgan edi. O‘shanda Qrim yarim oroli va Sevastopolda bo‘lib o‘tgan umuxalq referendumida, aholining 96,77 % Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz bergan edi. Shundan keyin AQSh va G‘arb mamlakatlari Rossiyaga nisbatan turli sanksiyalar qo‘llab dushman siyosati olib borishga o‘tgan edi.