UzLiDep: qishloq joylarda elektr tarmoqlari yangilanadi

© Sputnik / Igor Maslov / Mediabankka o‘tishElektr tarmoqlarini ta’mirlash
Elektr tarmoqlarini ta’mirlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida qishloqlarni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan 25 ming km elektr tarmoqlarini va 5,5 ming transformatorlarni yangilashga va’da berdi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. UzLiDeP partiyasi o‘z nomzodi Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturini sinchiklab o‘rganib chiqdi. Unda Shavkat Mirziyoyev qishloq joylarini elektr bilan ta’minlash tizimini yangilashni rejalashtirgan.

Bugungi kunda shunday hududlardagi 67 % elektr tarmoqlari eskirib zamona talablariga javob bermaydigan holga kelgan. Ularni qisman ta’mirlash kerakli natija bermay qolgan.

Nomzod dasturiga ko‘ra, elektroenergiya ishlab chiqarish quvvatini oshirib, 25 ming km past voltli elektr tarmoqlari qurish va 5,5 ming dona eskirgan transformatorlarni yangilash rejalashtirilgan.

Undan tashqari, aholiga yetkizib berilayotgan ko‘mirning narxi pasaytirilib, uning hajmi oshiriladi.

Qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish tizimi ham takomillashtirilib, 1,5 mingdan ortiq noqonuniy tashkil qilingan axlatxonalar faoliyat cheklanadi. Yirik shahar va viloyat markazlarida 168 ta chiqindilar to‘playdigan maxsus poliganlar tashkil qilinadi. Chiqindi to‘pladigan tashkilotlar 405tam maxsus texnika bilan ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0