TOShKENT, 10 noya — Sputnik. Amerika fuqarolarining aksariyati — 60% dan ortig‘i o‘z saylov tizimini o‘zgartirish tarafdori, Sputnik.Meniya o‘tkazgan so‘rov natijasiga ko‘ra.
So‘rovda amerikaliklarning 45% AQShda saylov tizimini "Bir kishi — bir ovoz" tizimiga va 15% "Ikki uslubdan tashkil topgan gibrid" tizimga o‘zgartirish tarafdori ekanligini ma’lum qilishgan.
Fuqarolarning 22% mavjud tizimni saqlab qolish tarafdori bo‘lgan, qolgan 16% esa — "Bilmaymiz" deb javob berishgan.
So‘rov Sputnik talabiga binoan TNS UK kompaniyasi tomonidan 3-7 noyabr kunlari o‘tkazildi. Unda 1012 nafar 18-64 yoshli AQSh fuqarolariga ushbu savollar berildi. So‘rov xatolik ehtimoli 3,1% ni, ishonchlilik ehtimoli esa — 95% ni tashkil qildi.
Sputnik.Mneniya — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. "Sputnik. Mneniya"ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Populus, IFop va Forsa kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. "Sputnik. Mneniya" doimiy ravishda MDH, AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi. Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.