TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonning Bishkekdagi elchixonasi binosida O‘zbekiston Prezidentligi saylovlarida ovoz berish uchastkasi ochiladi, deb ma’lum qildi elchixona matbuot xizmati. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidentligi saylovi 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"Qirg‘izistonda doimiy istiqomat qiluvchi O‘zbekiston fuqarolari Bishkekdagi Aytmatov shohko‘chasi (sobiq Mir shohko‘chasi) 177-uyda joylashgan 8-saylov uchastkasida O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi binosida ovoz berishlari mumkin", — matbuot relizida.
Saylov kuni 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston fuqarosi pasportiga ega bo‘lgan barcha fuqarolar ovoz berish huquqidan foydalanishlari mumkin. Ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 6.00dan 20.00gacha davom etadi.
Elchixona saylovchilar ro‘yxatiga kiritish uchun konsullik hisobida turmaydigan fuqarolardan konsullik bo‘limiga murojaat qilishlarini yoki (0 312) 986-296, 0550-300-201 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘ragan.