Abdulaziz Kamilov AQSh elchisini qabul qildi

Obuna bo‘lish
Suhbat davomida AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonning O‘zbekistonga tashrifi natijalari muhokama qilindi

TOShKENT, 9 noya – Sputnik. 2016-yilning 8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar qilinmoqda.

Xabarga ko‘ra, suhbat davomida AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonning 27-29 oktabr kunlari O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-AQSh uchrashuvlari va muzokaralari natijalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0