Xitoy tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

© FacebookO‘zbekiston TIV binosi
O‘zbekiston TIV binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noyabr o‘rtalarida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Noyabr o‘rtalarida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan XXR tashqi ishlar vaziri Van I kelishi kutilmoqda.

Bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvlarda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston va Xitoy orasidaga hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, hamda hududiy va halqaro muammolar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Tashrif davomida Xitoy delegatsiyasi Samarqandga borishi ham kutilmoqda.

Oktabr oyida Qirg‘iziston TIV vakillari Pekinda "Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston" yo‘nalishida temir yo‘l qurilish masalasini muhokama qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0