TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Donald Tramp barcha mamalkat va xalqlar bilan tinchlik siyosati olib borish tarafdori, deydi Rossiya Xalqaro ishlar kengashi eksperti Nikita Mendkovich Sputnik Tojikistonga.
Ekspertning fikriga ko‘ra, Trampning saylovoldi kampaniyasi, asosan AQSh ichida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan o‘zgarishlarga qaratilgan edi. Ular soliqlar, tibbiyot, yangi ish o‘rinlari yaratish muammolarini hal qilishga qaratilgan.
"Xillari Klinton bo‘lsa, tajovuzkor tashqi siyosat tarafdori edi, chunki u Davlat sekretari bo‘lib ishlagan yillarida O‘rta Osiyo mamalkatlari ichki ishlariga aralashib, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning Rossiya bilan yaqinlashuviga qarshi faoliyat olib borgan edi", — deydi ekspert Nikita Mendkovich.
Ekspertning so‘zlariga qaraganda, Tramp o‘z nutqlarida barcha mamlakatlarga nisbatan tinchlikparvar tashqi siyosat tarafdori bo‘lgan. Tramp uchun tashqi siyosat ikkinchi o‘rinda, lekin prezident bo‘lganidan keyin bularning hammasi o‘zgarishi ham mumkin.
"Shunisi aniq-ki, deydi ekspert, Tojikiston va O‘zbekiston uchun Tramp Klintonga nisbatan xavfsizroq prezident bo‘ladi".
Eslatib o‘tamiz, AQShda prezident saylovi 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Saylov yakuniga ko‘ra Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp qariyib Oq O‘yga kirib keldi. U saylovchilar ovozi eng muhim bo‘lgan shtatlarda g‘olib chiqdi. Umumiy hisobda Tramp uchun saylovchilarning 50%dan ortig‘i ovoz berdi, Klintonga esa — 45%.