O‘zbekistonlik suratkashlar Rossiya haqidagi fotokonkursda g‘olib bo‘lishdi

© Rossotrudnichestvo“Rossiya: menga xush kelishining 5 sababi” - fotokonkurs
“Rossiya: menga xush kelishining 5 sababi” - fotokonkurs - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Rossiya: menga xush kelishining 5 sababi" mavzusida bo‘lib o‘tgan fotokonkursda bir necha mamalkat, jumladan O‘zbekistonlik suratkashlar ham g‘olib chiqishdi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Moskvada bo‘lib o‘tayotgan "MDHga 25-yil: o‘zaro tushunish, hamkorlik va rivojlansh" forumida Rossiya haqidagi fotokonkurs g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Konkurs g‘oliblari ro‘yxatidan o‘zbekistonlik tarjimon Davronov Farxod, aviadispetcher Nekov Shavkat va jurnalist Naumkin Mixaillar ham o‘rin egallashdi.   

"Biz MDH mamlakatlari bilan do‘strona munosabatlarni saqlab qolmoqdamiz. O‘zbekiston — ko‘p millatli mamlakat, lekin bizda barcha bir oiladek yashaydi. Biz do‘stona munosabatalarimizni va do‘stligimizni saqlab qolishimiz kerak. Xursandchilk va og‘ir damlarda birga bo‘lish kerak", — dedi Shavkat Nekov Sputnik Uzbekistonga.

U shuningdek MDH mamlakatlari o‘zaro madaniy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini yanada rivojlantirishi kerakligini ta’kidladi.

"Bizni umumiy tarix va bir-birimizga bo‘lgan umid bog‘lab turibdi. MDH — bu bir oila. Bizda umuiy qadriyatlar ko‘p, shuning uchun biz bir-birimizga yelka tutishimiz kerak", — deb qo‘shimcha qildi u.

"Rossiya: menga xush kelishining 5 sababi" mavzusida bo‘lib o‘tgan fotokonkursda Rssiya madaniyati, urf-odatlari va tarixiga bag‘ishlangan bo‘lib, ikkinchi marta bo‘lib o‘tmoqda. Konqursda yoshi 25 —35 orasida bo‘lgan har qanday ijtimoiy, biznes, madaniy ilmiy va boshqa tashkilot vakillari qatnashishi mumkin. Bu yil konkursda Ozaruayjon, Tojikiston, Moldova, Turkiya, Vyetnam, Meksika, Niderland, Yunoniston, Bolgariya, Estoniya va O‘zbekiston vakillari g‘olib bo‘lishdi.

Yangiliklar lentasi
0