Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi o‘zgardi

© Sputnik / StringerSamarqand viloyati
Samarqand viloyati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Shuhrat Jaynar o‘g‘li o‘z arizasiga binoan shahar hokimi vazifasidan ozod etildi

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashkiliy masalarni ko‘rib chiqdi, deb xabar berilgan Samarqand viloyati hokimligi saytida.

"Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Shuxrat Rahmonov o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi. Bahodir Safiyulayevich Sadullayev viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, shahar hokimi etib tasdiqlandi", — deyilgan xabar matnida.

Bundan tashqari, xalq deputatlari Oqdaryo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham tashkiliy masala ko‘rilgan. Nurali Berdibayev o‘z arizasiga binoan, tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan. Viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, Pirmatboy Usarov Oqdaryo tumani tumani hokimi etib tasdiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0