Uzinfocom markaziga yangi direktor tayinlandi

Obuna bo‘lish
Uzinfocom markaziga sobiq "Elektron hukumat" markazi direktori Husan Isayev rahbar etib tayinlandi.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi tarkibiga kiruvchi Uzinfocom — kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markaziga Husan Isayev rahbar etib tayinlandi, bu haqida markaz sahifasi xabar bermoqda.   

Uzinfocom kollektiviga yangi direktor Axborot texnologiyalari vaziri Xurshid Mirzoxidov tomonidan tanishtirildi.

Isayev Husan Nulurrayevich — 1972-yilda tug‘ilgan, Toshkent Elektrotexnika institutini telekommunikatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha 2000-yilda bitirgan. 2006-yilda esa Davlat va Jamiyat qurilishi akademiyasinining "Menejment" fakultetini yakunlagan. Mehnat faoliyati 1993-yilda elektromexanik lavozimida boshlagan. Turli yillarda "O‘zbektelekom" korxonasida bo‘lim boshlig‘i, bosh vazir o‘rinbosari yordamchisi, O‘zbekiston aloqa va axborot agentligi direktori yordamchisi, litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘limi boshlig‘i  lavozimlarida ishlab kelgan.

2014 yilning mart oyidan boshlab "Elektron hukumat" Markazida direktor o‘rinbosari, 2016-yil noyabridan direktor lavozimida ishlab kelgan.

Yangiliklar lentasi
0