Toshkentda marshrutka ishtirokida yana bir YTH sodir bo‘ldi

© Voditeli TashkentaToshkentda marshrutka ishtirokidagi YTH
Toshkentda marshrutka ishtirokidagi YTH - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YTH sodir bo‘lgan joydan "Voditeli Tashkenta" guruhi ishtirokchilari fotosurat va xabarlar yozishmoqda.

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Toshkentning TTZ mavzesida marshrutka va yengil avtomobil ishtirokida navbatdagi YTH sodir bo‘ldi. Bu haqida "Voditeli Tashkenta" ijtimoiy guruhi a’zolari xabar berishmoqda.

Guvohlar xabar berishiga qaraganda, marshrutka haydovchisi mumkin bo‘lmagan joyda qayrilib olmoqchi bo‘lganda, unga yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlanayotgan Nexia yengil avtomobili kelib urilgan. Kuchli zarbadan marshrutka yoniga ag‘darilib tushgan. Xudoga shukurki, voqeada hech kim zarar ko‘rmabdi.

Mahalliy aholi aytishiga qaraganda yo‘lning ushbu qismi eng xavfli joylardan biri bo‘lib bu yerda tez-tez YTHlar bo‘lib turar ekan, ba’zan hatto avtobuslar ishtirokida ham. Hammasiga sabab avtobus va marshrutka haydayotgan "professional" shoferlarning erinchoqligida. Ular nariroqdan navbatga turib aylanib olishni istamas ekanlar. Balkim yo‘lning o‘rtasiga devor qurish, yoki shu joyga kamera o‘rnatish kerakdir…

© SputnikTTZdagi YTH guvohi
Kollaj iz foto - Sputnik O‘zbekiston
TTZdagi YTH guvohi
Yangiliklar lentasi
0