Shavkat Mirziyoyev qishloqlarda ichimlik suvi tarmoqlarini barpo etadi

© AFP 2023 / NICOLAS TUCATSuv
Suv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev saylovoldi dasturida bugungi kunda o‘z yechimini kutib turgan ijtimoiy masalalarni hal qilish uchun O‘zbekiston miqyosidagi qator maqsadli dasturlarni amalga oshirish, xususan qishloq aholi punktlarida ichimlik suvi tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Tabiiy suv zahiralari nihoyatda cheklangan O‘zbekistonda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Bu yo‘nalishda o‘tgan davrda mamlakatimizda katta ishlar qilingan bo‘lsa-da, ayni paytda aholimiz soni o‘sib, oxirgi 25-yilda 10 millionga ko‘paygani, o‘nlab yangi-yangi qish­loq va shaharchalar paydo bo‘layotganini hisobga oladigan bo‘lsak, mavjud vaziyat bu borada kechiktirmasdan, samarali choralar ko‘rishni talab etmoqda, deb xabar qilgan O‘zLiDep matbuot-xizmati.

"Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini tashkil etish hamda Moliya vazirligi huzurida "Toza suv" maxsus jamg‘armasini tuzish ko‘zda tutilmoqda", — deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, kelgusi besh yil davomida qariyb 9 ming kilometrlik ichimlik suvi tarmoqlari, 1 ming 400 ta quduq va 3 ming 600 ta suv inshooti quriladi va rekonstruksiya qilinadi. Bu esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlarida 3 million 200 ming aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va mamlakatimizda ushbu ko‘rsatkichni 67 %dan 84 %ga yetkazish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0