Izmir fohishalari pensiya olish huquqiga ega bo‘ldi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishTurkiya
Turkiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya g‘arbida joylashgan Izmir shahridagi intim xizmat ko‘rsatish sanoatining 500 nafardan ziyod xodimalari davlatdan pensiya olish huquqiga ega bo‘ldilar

TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Izmir fohishalari hukumat organlaridan nafaqa ta’minotini olish huquqini qo‘lga kiritdilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Turkiyadagi mahalliy OAVlardan olingan ma’lumot asosida.

Shov-shuvga sababchi o‘zbek yulduzlari - Sputnik O‘zbekiston
Ehtirosli videodan Turkiya fuqaroligigacha: shov-shuvli o‘zbek yulduzlari
OAVlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Izmir shahri Ijtimoiy muhofaza qo‘mitasi nafaqa yoshiga yetgan seks-sanoatining 501 nafar xodimasi talabini qondirgan. "Endilikda ish beruvchilar ushbu ayollarga nafaqa to‘lashga majbur. Shuningdek, ularga fohishalik bilan shug‘ullanayotgan 1300 nafar ayol uchun ham nafaqa jamg‘armasiga badal to‘lash majburiyati yuklatildi", deyiladi xabarda.

Sal oldin seks-sanoati ishchilari Ijtimoiy muhofaza qilish organlariga murojaat etib, ish beruvchilar badal to‘lamasliklari oqibatida, nafaqaga chiqish huquqidan mahrum bo‘lganliklari haqida arz qilgan edilar. Ijtimoiy muhofaza qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv ishlari natijasida seks-industriyaning 1800 nafar xodimasi huquqlari poymol bo‘lganligi aniqlagan hamda ish beruvchilar jarimaga tortilgan. Ularga badal to‘lash majburiyati ham yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada fohishalik legallashtirilgan. Turkiya qonunchiligiga binoan, fohishalik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan ayol ro‘yxatdan o‘tib, sog‘lig‘i holati borasida maxsus kartaga ega bo‘lmog‘i lozim.

Yangiliklar lentasi
0