TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Janubiy Koreya qurolli kuchlari Koreya yarimorolidagi murakkab siyosiy vaziyat va bo‘lajak AQSh prezidenti saylovlari sababli ehtimoliy yadro sinovlaridan xavotirlanib KXDRni kuzatishni kuchaytirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Ronxap agentligiga asoslanib.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya mudofaa vazirligi o‘tkazgan brifingda vazirlik vakili "qurolli kuchlarimiz tayyorgarlikni kuchaytirishdi va Shimoliy Koreya tomonidan Pxungeri va Tonchxanni yadro poligonlarida ehtimoliy strategik hamda taktik ig‘vogarliklar amalga oshirilishini kuzatib turishibdi" dedi.
Shimoliy Koreyaning Tonchxanni pos`lkasida ballistik raketalar uchiriladigan maydon joylashgan. Janubiy Koreya bu yerdan istalgan vaqtda o‘rta masofaga yetib boruvchi "Xvason-10" raketasi uchirilishini kutmoqda.
"Pxungeri va boshqa joylar atrofida texnika harakati kuzatilmoqda, xususan, raketa uchirish texnikalari ham harakatga keltirilgan", — deydi manba.