TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Rusagro guruhi O‘rta Osiyo hududini Rossiyada ishlab chiqarilgan shakar mahsulotlari yetkizib berish uchun istiqbolli yo‘nalish deb hisoblaydi. Bu haqida jurnalistlarga kompaniya bosh direktori Maksim Basov e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.
"Biz uchun eng raqobotli yo‘nalish bu — O‘rta Osiyo. Ushbu bozorda Rossiyada ishlab chiqarilgan barcha shakarni sotish mumkin. Birinchi navbatda, albatta bu — Qozog‘iston, shuningdek O‘zbekiston, Turkmaniston va Qirg‘iiston ham biz uchun qiziqarli yo‘nalishlardir", — dedi Basov.
"Rusagro" guruhi Rossiyaning eng yirik shakar va yog‘-moy ishlab chiqariuvchilari qatoridan o‘rin olgan. Kompaniyaning 70% aksiyasi Vadima Moshkovich oilasiga va 6,9% aksiyalari bosh direktor Maksim Basovga tegishlidir.