O‘zbekistonda havo isib olcha gullashi kutilmoqda

Olcha gullashi
Olcha gullashi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ob-havoni o‘rganish markazi xodimlari ushbu hafta O‘zbekistonda havo issiq bo‘lishini ta’kidlashmoqda. Havo issig‘idan Toshkentning Nazarbek mahallasida olcha gullabdi.

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Kelasi hafta O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor, lekin dam olish kunlariga yaqin havo harorati 22 darajagacha isiydi, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.

Kelayotgan hafta issiq bo‘ladi, 7-8 noyabrda havo harorati 15-20 gradus darajasida bo‘ladi. 9-noyabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, lekin havo harorati pasaymaydi.

10 noyabrdan boshlab Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo 22 gradusgacha isishi kutilmoqda. O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham havo isishi mumkin.

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Jizzax  viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 20 gradus issiq bo‘ladi.

Tog‘li tumanlarda 10-12 noyabr kunlari havo harorati 10-15 gradusni tashkil qiladi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yozishiga qarganda, havo issiqligi tufayli Toshkentning Nazarbek mahallasida olcha daraxtlari gullabdi.

Yangiliklar lentasi
0