TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Forum qatnashchilari o‘zaro hamkorlik asosida tashkil qilingan gumanitar loyihalarning samaradorligini oshirish, ilmiy, ma’rifiy, tadbirkorlik va boshqa gumanitar sohalarda hamkorlikni kuchaytirish masalalarini ko‘rib chiqishadi.
Forum faoliyatida MDH ijroiya qo‘mitasi vakillari, MDH Davlatlararo gumanitar hamkorlik fondi vakillari, diplomatik xizmatlar federal va mahalliy qonunchilik organlari, ijtimoiy, madaniy va diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etishadi.
Forum tashkilotchisi – Rossotrudnichestvo (Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi, chet davlatlarda yashayotgan vatandoshlar va xalqaro gumanitar hamkorlik ishlari agentligi).