Lola Karimova Abdulla Oripov haqida

© Foto : Novosti UzbekistanaPoet Abdulla Aripov
Poet Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston birinchi prezidentining kichik qizi o‘zining Instagrammdagi sahifasida Abdulla Oripov vafoti munosabati bilan shoir yaqinlariga hamdardlik bildirdi va uning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rniga yuqori baho berdi.

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. "O‘zbekiston adabiyoti og‘ir judolikka uchradi. Kuni kecha xalqimiz o‘zining yana bir ulug‘ farzandidan ajradi", — deb so‘z yozdi o‘zining Instagrammdagi sahifasida Lola Karimova.

"Abdulla Oripov bizning g‘ururimiz, fahrimiz edilar. Bu insonning she’rlari bilan katta bo‘ldik, ulg‘aydik, tarbiya oldik. Yoshligimizdan bizni ezgulik tomon o‘z she’rlari bilan yetaklab borgan sevimli shoirimiz edilar.

Shoirning "Xayr endi", "Yolg‘izlik", "Savob", "Qassam darra", "Onajonim", "Dunyoni qizg‘anma", "Sen Pushkinning sevgan malagi…", "Bahor" kabi she’rlari, "Jannatga yo‘l" kabi poemalari xalqimiz qalbini abadul abad zabt etdi", — deb so‘zini davom ettirdi Lola Karimova.

Shoirning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rnini yuqori baholab, Lola Karimova "U zamonamizning Navoiysi, Abdulla Qodiriysi edi. Abdulla akaning oilalariga chuqur ta’ziyamizni bildiramiz. Joylari jannatdan bo‘lsin. Ohiratlarini mehribon Parvardigor obod qilsin", — deb so‘zini yakunladi.

Abdullar Oripov nafaqat o‘zbek shoiri balkim O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning yaqin do‘sti edi. Islom Karimov vafot etganda u shunday satrlar yozgan edi:  "Kimdir yo‘lboshchidan ayrildik dedi, Men-chi, aziz do‘stdan ayrilib qoldim."

O‘zbekiston adabiyoti og‘ir judolikka uchradi. Kuni kecha xalqimiz o‘zining yana bir ulug‘ farzandidan ajradi.. Abdulla Oripov bizning g‘ururimiz, fahrimiz edilar. Bu insonning she’rlari bilan katta bo‘ldik, ulg‘aydik, tarbiya oldik. Yoshligimizdan bizni ezgulik tomon o‘z she’rlari bilan yetaklab borgan sevimli shoirimiz edilar. Shoirning “Xayr endi”, “Yolg‘izlik”, “Savob”, “Qassam darra”, “Onajonim”, “Dunyoni qizg‘anma”, “Sen Pushkinning sevgan malagi…”, “Bahor” kabi she’rlari, “Jannatga yo‘l” kabi poemalari xalqimiz qalbini abadul abad zabt etdi. Abdulla Oripov jisman o‘limga taslim bo‘ldi, lekin uning she’rlari o‘lmasdir, ular hech qachon, yuz yillar o‘tar, ming yillar o‘tar, o‘limga taslim bo‘lmagaylar, demak Abdulla Oripov bizning qalbimizda, kelajak avlodimiz qalbida mangu yashaydi. U zamonamizning Navoiysi, Abdulla Qodiriysi edi. Abdulla akaning oilalariga chuqur ta’ziyamizni bildiramiz. Joylari jannatdan bo‘lsin. Ohiratlarini mehribon Parvardigor obod qilsin. O‘zbek osmonida so‘ndi cho‘ng yulduz, Katta-yu kichikning ko‘zini yoshlab. Foniy bu dunyoning baland-pastiga, Teran nazar tashlab o‘tdi bu Inson. Millat qadri deya yashab aslida, Xalqining dardiga bo‘loldi darmon. Bugun judolik bor gar qalbimizda, Lekin g‘urur yashar havas qilgulik. Abadiyat o‘sdi ko‘z oldimizda, Shundoq yonimizdan o‘tdi Mangulik. (Abdulla Oripov, Sentabr 2016-yil) ➡️⬇️ Uzbekskiy narod i literatura ponesli ogromnuyu utratu. Skonchalsya vidayushiysya, vsenarodno lyubimiy poet, so stixami kotorogo mi virosli i chye literaturnoe tvorchestvo sigralo bolshuyu rol v nashem duxovnom roste i stanovlenii. Abdulla Aripov bil gordostyu i sovestyu nashego naroda. Yego neopisuyemo krasivie stixi, takie kak “Proshay”, “Mama”, “Vesna”, “Blagodeyanie” “Odinochestvo”, “Ushelye klyatvi”, poema “Doroga v ray” naveki zavoyevali serdsa chitateley. Rol Abdulli Aripova v sovremennoy uzbekskoy literature nastolko znachitelna, chto yego mojno nazvat Alisherom Navoi i Abdulloy Kadiri nashego vremeni. Smert vidayushegosya poeta — eto bolshaya, nevospolnimaya poterya dlya otechestvennoy literaturi, no ya uverenna, chto tvorchestvo poeta bessmertno i budet jit vechno v serdse nashego naroda i budushix pokoleniy. Ya xotela bi virazit svoi glubokie soboleznovaniya rodnim i blizkim poeta.➡️➡️⬇️

Foto opublikovano Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) Noya 6 2016 v 6:59 PST

 

Yangiliklar lentasi
0