TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Iroq Qurdistoni hukumati Rossiyadan harbiy va gumanitar yordam so‘rab murojaat qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Bu haqida Iroqdagi Qurdiston avtonomiyasi xalqaro aloqalar departamenti rahbari Falax Mustafa Bakir xabar qildi.
Rossiya TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 1-noyabrda Falax Mustafa Bakir Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan uchrashgan edi. Uchrashuvda tomonlar iroqda vaziyatning barcha jihatlarini, jumladan Mosulad "Islom davlati" poytaxtiga qarshi boshlangan harbiy operatsiya va Iroq Qurdistonidagi vaziyat ham muhaokama qilingan edi.
"Ha biz Rossiyadan harbiy yordam so‘radik, chunki hozir terrorchilikka qarshi kurash juda muhim masalaga aylangan", — dedi Bakir "Izvestiya" gazetasi muxbiriga.
Bakirning so‘zlariga qaraganda, bugungi vaziyatda jahon hamjamiyati, jumladan Rossiya ham qurdlarga har tomonlama yordam ko‘rsatishi kerak.
"Ushbu tashrif bizga ko‘p masalalar borasida Rossiya nuqtayi nazarini tushunish imkonini berdi. Undan tashqari biz Rossiyadan peshmerga (qurd ko‘ngillilari) kuchlarini qo‘llab quvvatlashni va Iroq Qurdistoniga Suriya va boshqa hududlardan kelgan qochqinlarga gumanitar yordam ko‘rsatishni so‘radik", — dedi Bakir.
Uning so‘zlariga qaraganda, Rossiya ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va peshmerga kuchlari olib borayotgan faoliyatining muhim ekanligini ta’kidlagan.
"Moskva bu borada bizning so‘rovni o‘rganib chiqib imkon qadar yordam berishga va’da berdi", — dedi so‘zining oxirida Bakir.