YeNT, 7 noya — Sputnik. 2016-yilning 10-noyabridan boshlab 393/394 raqamli yangi poyezd ishga tushadi, deb xabar qilmoqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchitrans" AJ matbuot xizmati.
Poyezdlar Andijondan payshanba kuni soat 08:05 da yo‘lga chiqib, Urgenchga juma kuni soat 08:00 da yetib keladi. Urgenchdan bo‘lsa poyezdlar juma kuni soat 19:20 da yo‘lga chiqib, Andijonga shanba kuni soat 19:10da yetib keldi.
2016 yilning 9-noyabridan boshlab 94/93 sonli Andijon — Toshkent yo‘nalishida ham yangi tezurar poyezd o‘z faoliyatini boshlaydi. Poyezd Toshkentdan soat 13:00 da yo‘lga chiqib Andijonga soat 01:10 da yetib keladi. Andjondan esa, shanba kunlari soat 22:15da yo‘lga chiqib Toshkentga yakshanba kuni soat 05:16 da yetib keladi.