TOShKENT, 6 noya — Sputnik. Rossiyaning Tumen shahrida bo‘lib o‘tadigan "Xizmat vazifasini o‘tash vaqtida qurbon bo‘lgan IIB maxsus bo‘linmalari xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan" Xalqaro dzudo turnirida 16 mamlakatdan, jumladan O‘zbekiston sportchilari ham ishtirok etadi, deb xabar qildi Tumen viloyati IIB matbuot xizmati.
Medallar uchun bahslarda dunyoning 16 mamlakatidan 18 yoshgacha bo‘lgan 500 dan ortiq sportchilar ishtirok etadi. Ular orasida Fransiya, Slovakiya, Sloveniya, Belorussiya, Gruziya, Xorvatiya, Armaniston, Koreya, Xitoy, Mongoliya, Gonkong, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Rossiya va Uzbekistonlik sportchilar ishtirok etadi.
Ushbu turnir bu yil uchinchi marta o‘tkazilmoqda. Turnirda ishtirok etuvchilar soni o‘sib borayotgani tufayli medallar uchun kurash yildan yilga yanada qiziqarli bo‘lib bormoqda.